
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning hududiy bo‘limlari IIB va DXX bilan hamkorlikda tezkor tadbirlar o‘tkazdi. Bir vaqtning o‘zida to‘rtta tumanda noqonuniy valyuta ayirboshlash holatlari fosh etildi.
3 000 dollar — “qo‘lda” va dalil bilan
Xonobod shahrida fuqaro E.R. valyuta ayirboshlash paytida ushlandi. U fuqaro A.T.ga 3 000 AQSH dollarini 38,7 mln so‘mga sotgan.
Tekshiruv vaqtida 3 000 dollar, 35 950 rubl va 3 000 qirg‘iz somi ashyoviy dalil sifatida olindi.
Quyichirchiqda uch xil valyuta “aylantirilgan”
Quyichirchiqda fuqaro M.A. fuqaro U.B.ga:
- 1 900 AQSH dollarini — 24,7 mln so‘mga,
- 83 800 Rossiya rublini — 12,9 mln so‘mga,
- 485 500 tengeni — 13,1 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlangan.
Barcha pul vositalari ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirilgan.
Yakkabog‘ va Gurlanda ham ayirboshlash operatsiyalari
Yakkabog‘ tumanida fuqaro A.A. 3 500 dollarni 45,1 mln so‘mga sotib olayotganida,
Gurlanda esa fuqaro A.K. “Gurlan dehqon bozori” oldida 350 000 rublni 52 mln so‘mga sotib olganida ushlangan.
Hammasi — Jinoyat kodeksi bo‘yicha
Barcha holatlar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ayni paytda tergov ishlari olib borilmoqda.
Siz nima deb o‘ylaysiz – noqonuniy valyuta ayirboshlashga qarshi kurashishning eng samarali yo‘li nima? “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!