date
views 66

Yo‘l harakati sohasidagi ayrim davlat xizmatlari raqamlashtiriladi

Yo‘l harakati sohasidagi ayrim davlat xizmatlari raqamlashtiriladi
Ichki ishlar vazirligining 2025 yil 1 martdan boshlab quyidagi davlat xizmatlarini Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YAIDXP) orqali ko‘rsatish tartibini joriy etish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullanadi:
 
past va o‘rta faollikdagi radioaktiv chiqindilardan tashqari xavfli yuklarni avtomobil transportida tashish yo‘nalishi sxemalarini kelishish;
avtotransport vositalari va tirkamalar (yarim tirkama)ga tranzit ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqam belgisini berish va hisobdan chiqarish;
chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga haydovchilik guvohnomalarini rasmiylashtirish.
 
Quyidagilar:
 
Past va o‘rta faollikdagi radioaktiv chiqindilardan tashqari xavfli yuklarni avtomobil transportida tashish yo‘nalishi sxemalarini kelishish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti;
Avtotransport vositalari va tirkama (yarim tirkama)larga tranzit ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqam belgisini berish va hisobdan chiqarish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlanadi.
 
Ichki ishlar vazirligi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda 2025 yil 20 fevralga qadar davlat xizmatlari bo‘yicha elektron murojaat etish uchun zarur bo‘lgan axborot tizimlarini o‘zaro integratsiya qilish choralarini ko‘radi.
 
Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchiligiga nomzodlardan imtihonlarni qabul qilish uchun hujjatlarni va milliy haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga haydovchilik guvohnomalari rasmiylashtirishni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat