date
views 173

Andijondagi korxonada Prezident nimalarni ko‘zdan kechirdi?

Andijondagi korxonada Prezident nimalarni ko‘zdan kechirdi?
Prezident Andijon viloyati Buloqboshi tumanida joylashgan “Fayz-M” korxonasi faoliyati bilan tanishdi.

Ushbu korxona mato to‘qish, bo‘yash va tayyor trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Yiliga 4 million 200 ming dona, 50 turdagi mahsulot tayyorlanadi. Mingga yaqin fuqaro ish bilan ta’minlangan. Hodimlar malakasini oshirish uchun dizaynerlik markazi faoliyat yuritmoqda.

Turkiya, Germaniya va Xitoydan olib kelingan zamonaviy uskunalar mahsulot sifatini ta’minlamoqda. Korxona yiliga 6 million dollarlik eksport amalga oshirmoqda.

Prezident ishlab chiqarish jarayonini ko‘zdan kechirib, sifatni oshirish va eksport geografiyasini kengaytirish bo‘yicha tavsiyalar berdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Andijondagi korxonada Prezident nimalarni ko‘zdan kechirdi?