date
views 375

"Qochoq" avtomashina Oltiariqda qo‘lga olindi

"Qochoq" avtomashina Oltiariqda qo‘lga olindi
Qarzlarini to‘lashdan bo‘yin tovlayotganlarni qidirib, adolat mezoniga tortish – Majburiy ijro byurosi xodimlarining kundalik vazifasi.

Bugungi voqea ham aynan shunday holatlardan biri. "ASIA ALLIANS BANK" foydasiga 209 865 904 so‘m qarzini to‘lashdan qochib yurgan M.M. ismli shaxsga tegishli "Cherry" rusumli avtomashina qidiruvga berilgan edi. Qarzdorning uyidan topilmagan mashina qayerda yashiringan edi?

Majburiy ijro byurosi Farg‘ona viloyati boshqarmasi qidiruv shu’basi hamda Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar o‘z samarasini berdi. 15 aprel kuni qidiruvdagi avtomashina Oltiariq tumanida topilib, jarima maydonchasiga joylashtirildi.

Endilikda qarzdor nafaqat bankka bo‘lgan qarzini, balki davlat foydasiga 9 552 877 so‘m davlat boji hamda ma’muriy jarimalarni ham to‘lashga majbur bo‘ladi.

Bu kabi holatlar boshqalarga ham saboq bo‘lsin. Qarzdorlik – og‘ir yuk. Uni o‘z vaqtida yechish esa – har bir fuqaroning burchi. Zero, qonun oldida hamma barobar.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » "Qochoq" avtomashina Oltiariqda qo‘lga olindi