Toshkent shahrida elektromobil yonib ketdi

Toshkent shahrida elektromobil yonib ketdi
Foto: Toshkent shahar FVB
17 aprel kuni soat 23:51 da Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani Yalang‘och mavzesida elektromobil yonayotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.

Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 23:56 da yetib borib, yong‘in soat 23:59 da o‘chirildi.

Yong‘in oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q.

Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar