
Toshkent viloyatida avtomobillar uchun maksimal ruxsat etilgan tezlik 100 km/soatdan 80 km/soatga tushirildi, deb nova24.uz xabar berdi.
17 aprel kuni viloyat hokimi Zoyir Mirzaev shu haqda qaror qabul qildi. Unga ko‘ra, aholi yashamaydigan hududdagi 37 ta yo‘l bo‘lagida yangi tezlik cheklovi joriy etiladi.
Yo‘l belgilari 5 kun ichida o‘rnatiladi. Ushbu choralar YTHlarning oldini olish va xavfsizlikni oshirishga qaratilgan.
Yangi tartibni nazorat qilish viloyat YHXB zimmasiga yuklatilgan. Qaror allaqachon kuchga kirgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar