
Qozog‘istonda 45 nafar O‘zbekiston fuqarolarini olib ketayotgan avtobus buzilib qoldi, deb xabar qilmoqda "Diydoraziz" nashri.
Voqea Aktobe viloyatining Kalыbay qishlog‘i yaqinida sodir bo‘ldi. 45 nafar O‘zbekiston fuqarolarini olib ketayotgan Setra avtobusi yo‘lda buzilib qolgan. Yo‘lovchilar Shыmkentdan Qozonga yo‘l olishgan ekan.
Etib kelgan qutqaruvchilar yo‘lovchilarning bir qismini avtomagistraldagi tibbiy-qutqaruv punktiga, qolgan yarimini esa Kalыbay posyolkasidagi isitish punktiga olib borishgan.
Aynan shu kunlarda Qozog‘istonda o‘ta qattiq sovuq hukm surmoqda. Karaganda viloyatida —40 gradus, Aktobe viloyatida —25 gradus sovuq tushgan.
Butun Respublika bo‘ylab aholi favqulodda sovuq va kuchli bo‘ron bo‘lishi haqida ogohlantirilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar