
O‘zbek shou-biznesining yorqin vakillaridan biri bo‘lgan Munisa Rizayeva o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida farzandi bilan xayrlashuv lahzalarini aks ettirgan samimiy videoni joylashtirdi.
Videoda xonanda har kuni ishga ketishdan oldin farzandini bag‘riga bosib, erkalab, sevib, mehr bilan xayrlashayotganini ko‘rish mumkin. Munisaning aytishicha, bolasi bilan shunday tarzda xayrlashishi uning kunlik hayotidagi eng muhim va eng shirin lahzalardan biri hisoblanadi.
“Har kuni uydan chiqib ketish oldidan farzandim bilan bag‘rimga bosib, uni o‘pib, erkalab xayrlashaman. Bu odat menga kuch va ishonch bag‘ishlaydi. Men uchun ona bo‘lish – eng go‘zal tuyg‘u, farzandim esa hayotimning mazmuni”, – deydi xonanda.
Munisa Rizayevaning bu videosi muxlislari orasida katta qiziqish va iliq munosabat uyg‘otmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda uning bu samimiyligi yuksak baholanib, ko‘plab ijobiy fikrlar yozilmoqda. Muxlislar xonandaning oilaviy hayotidan shunday samimiy va shirin lahzalarni ko‘rishdan xursand ekanliklarini bildirishmoqda.
Bu kabi videolar bilan xonanda nafaqat ijodiy, balki shaxsiy hayotini ham muxlislari bilan baham ko‘rishni afzal ko‘rayotganini yana bir bor isbotlamoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar