Gurbanguli Berdimuhamedov Samarqandda Hazrati Xizr majmuasiga tashrif buyurdi
1 daqiqa o'qish815

23 aprel kuni prezident Shavkat Mirziyoyev va turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov birgalikda Hazrati Xizr majmuasiga tashrif buyurib, Islom Karimov xotirasiga hurmat ko‘rsatdilar. Qabrga gullar qo‘yildi. Qur’on tilovat qilindi.

Shuningdek, birgalikda «Silk Road Samarkand» xalqaro turizm markazidagi «Boqiy shahar» tarixiy-etnografik bog‘i hududida tashkil etilgan madaniy tadbirlarda ishtirok etdilar.

Oliy martabali mehmon o‘zbek xalqining boy madaniy merosini aks ettiruvchi ko‘rgazmalar, hunarmandchilik va amaliy san’at namunalari bilan tanishdi. Raqs jamoalarining chiqishlaridan iborat madaniy dastur namoyish etildi.

- #Gurbanguli Berdimuhamedov
- #Shavkat Mirziyoyev
- #Hazrati Xizr
- #Silk Road
- #O‘zbekiston Madaniyati
- #Samarqand Tarixi
Maqola sizga yoqdimi?
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar

Izohlar0
…