ў
Қ
қ
Ғ
ғ
Ҳ
ҳ

Asaka tumanida yashovchi fuqaro Ellikqal’a tumanida joylashgan maktab va bog‘cha xodimlariga maishiy texnika buyumlari bahosiga arzonlashtirilgan "50 % Aksiya” bo‘layotganligini aytib, maishiy texnika vositalarini 50 foiz miqdorini oldindan to‘lov qilgani holda 14 kun ichida mahsulotni olishi mumkinligini aytgan. Biroq, 14 kun ichida mahsulotni yetkazib bermasdan fuqarolarga jami 11,6 mln. so‘m zarar yetkazgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Ellikqal’a tuman sudining hukmi bilan u JKning 168-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan aybli deb topilib, unga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari, 34 000 000 so‘m miqdorida jarima jazosi tayinlangan.
Hozirda Majburiy ijro byurosi Asaka tuman bo‘limi tomonidan olib borilgan ijro harakatlari natijasida jinoiy jarima pullari to‘liq undirildi.
Hurmatli fuqarolar, firibgarlar tuzog‘iga tushib qolmasligingiz uchun maishiy texnika yoki boshqa boyliklarni sotib olishda savdo do‘konlarining rasmiy dilerlariga yoki rasmiy vakillariga murojaat qilish tavsiya etiladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar