date
views 61

Vorislik huquqiga da’vo qilgan fuqaro 57 mln. so‘m to‘lashiga to‘g‘ri keldi

Vorislik huquqiga da’vo qilgan fuqaro 57 mln. so‘m to‘lashiga to‘g‘ri keldi
Majburiy ijro byurosining Toshkent shahar Birinchi tumanlararo bo‘limi davlat ijrochisi Z.Bayjanovaning ish yurituviga FIB M.Ulug‘bek tumanlararo sudining arizachi Y.T.ning javobgar M.Q.ga nisbatan Vorislik huquqiga kelib chiqqan nizolar to‘g‘risidagi arizasiga asosan, qo‘zg‘atilgan fuqarolik ishi yuzasidan berilgan ijro varaqasi bo‘yicha Y.T.dan 57 mln. 384 ming so‘m davlat boji undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati kelib tushgan.

Ijro ishi bo‘yicha qarzdorlikni undirish choralari davomida, fuqaroga O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining tegishli moddalari bilan belgilangan muddatda davlat ijrochisining talablarini bajarmagan taqdirda unga nisbatan majburiy ijro harakatlari amalga oshirilishi to‘g‘risida ogohlantirilgan.

Olib borilgan majburiy ijro harakatlari natijasida, davlat foydasiga 57 mln. 384 ming so‘m davlat boji to‘liq undirilib, ijro hujjati Qonunning 41-moddasi 1-bandiga asosan amalda tamomlangan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Vorislik huquqiga da’vo qilgan fuqaro 57 mln. so‘m to‘lashiga to‘g‘ri keldi