O‘zbekiston va Avstriya viza tartibini soddalashtirishi mumkin

O‘zbekiston va Avstriya viza tartibini soddalashtirishi mumkin
Foto: "Dunyo" AA
O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining maslahatchisi Munira Aminova Avstriya elchisi Matias Radostich bilan uchrashuv o‘tkazdi.

TIV ma’lumotiga ko‘ra, suhbat chog‘ida ikki tomonlama hamkorlikning asosiy masalalari, jumladan, siyosiy muloqot, iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, sarmoyaviy loyihalar, ta’lim dasturlari, shuningdek, mehnat migratsiyasi sohasidagi o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, tomonlar viza tartibini soddalashtirish, texnik va grant yordami hajmini oshirish, ikki tomonlama tadbirlarni tashkil etish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.

Uchrashuv ishtirokchilari munosabatlarning ijobiy dinamikasini qayd etib, hamkorlikni, jumladan, bo‘lajak ikki tomonlama tadbirlar doirasida yanada rivojlantirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar