date
views 448

Denovda haydovchi 32 nafar bolani Damas'ga mindirib yangi “rekord” o‘rnatdi

Denovda haydovchi 32 nafar bolani Damas'ga mindirib yangi “rekord” o‘rnatdi
Surxondaryo viloyatining Denov tumanida Damas mashinasida 32 nafar bola olib ketilayotgani aniqlandi. Bu haqda viloyat YHXB xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, haydovchi bolalarni xususiy bog‘chadan olib ketayotgan bo‘lgan. Xodimlar tomonidan holat bartaraf etilib, mashina kuzatuv ostida bog‘chaga qaytarilgan. Haydovchiga nisbatan chora ko‘rilgan.

Shuningdek, holat yuzasidan viloyat Maktab va maktabgacha ta’lim boshqarmasiga taqdimnoma kiritilgan.

Oldinroq Namanganda 25 nafar, Samarqandda 25 nafar, Qoraqalpog‘istonda esa 27 nafar bola Damas'da olib ketilayotgani aniqlangandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Denovda haydovchi 32 nafar bolani Damas'ga mindirib yangi “rekord” o‘rnatdi