date
views 108

Chegarada quyma oltinni noqonuniy olib chiqishga bo‘lgan urinish fosh etildi

Chegarada quyma oltinni noqonuniy olib chiqishga bo‘lgan urinish fosh etildi
Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi xabariga ko‘ra, “Navoiy” chegara bojxona postiga piyoda holda kirib kelgan fuqaro bojxona nazoratidan o‘tayotgan vaqtda, uning xatti-harakatlarida shubhali holatlar kuzatilgani sababli bojxona xodimi tomonidan belgilangan tartibda shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Shaxsiy ko‘rik natijasida fuqaroning tanasidan umumiy og‘irligi 1 028 gramm bo‘lgan quyma tilla bo‘laklari aniqlandi. Ashyoviy dalil sifatida olingan mazkur oltin buyumlarining umumiy qiymati 1 milliard 312 million so‘mni tashkil etdi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tegishli protsessual harakatlar amalga oshirilmoqda.

Foto: Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Chegarada quyma oltinni noqonuniy olib chiqishga bo‘lgan urinish fosh etildi