date
views 571

Mirziyoyev Rossiyada: Prezident G‘alaba kuni marosimida va muhim muzokaralarda ishtirok etadi

Mirziyoyev Rossiyada: Prezident G‘alaba kuni marosimida va muhim muzokaralarda ishtirok etadi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rasman 8–9 may kunlari Rossiya Federatsiyasiga amaliy tashrif bilan yo‘l oladi. Ushbu tashrif Rossiya prezidenti Vladimir Putinning taklifi asosida amalga oshirilayotgani ma’lum qilindi.

Rasmiy dasturga ko‘ra, Prezident Mirziyoyev tashrif doirasida Moskva shahrida bo‘lib o‘tadigan Ikkinchi jahon urushida qozonilgan G‘alabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda faol ishtirok etadi. Bu – jahon tarixidagi eng og‘ir va hal qiluvchi urushda halokatga uchragan millionlab insonlarni yodga olish, tinchlik uchun qimmat bahoga erishilganini e’tirof etishga qaratilgan muhim voqelik hisoblanadi.

Shuningdek, tashrif doirasida davlatimiz rahbari Rossiya Federatsiyasi yetakchisi Vladimir Putin bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazishi kutilmoqda. Suhbatlarda ikki davlat o‘rtasidagi strategik sheriklik, savdo-iqtisodiy hamkorlik, investitsiya loyihalari, transport va energetika sohalaridagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish masalalari muhokama qilinadi.

Bundan tashqari, turli sohalardagi o‘zaro hamkorlik bo‘yicha bir qator yangi kelishuvlar va loyihalar yuzasidan ham kelishuvlarga erishilishi mumkin. Tashrif doirasida ko‘plab rasmiy delegatsiya vakillari, vazirlik va idoralar rahbarlari ham ishtirok etishi kutilayapti.

Shu tariqa, Shavkat Mirziyoyevning bu galgi Rossiyaga tashrifi nafaqat tarixiy xotirani e’zozlash, balki ikki davlat o‘rtasidagi mustahkam munosabatlarni yanada mustahkamlash yo‘lidagi navbatdagi muhim qadam bo‘lib qolishi mumkin.

Zamin.uz mazkur tashrif doirasidagi barcha voqea va yangiliklarni tezkor yoritishda davom etadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Mirziyoyev Rossiyada: Prezident G‘alaba kuni marosimida va muhim muzokaralarda ishtirok etadi