date
views 55

Fidokor insonlarga munosib ehtirom

Fidokor insonlarga munosib ehtirom
Har yili 9 may kuni yurtimizda umumxalq bayrami – “Xotira va qadrlash kuni” sifatida keng nishonlanadi. Ushbu sana - Vatan tinchligi, xalq farovonligi va yurt ravnaqi yo‘lida fidokorona xizmat qilgan aziz insonlarni yod etish, ularning fidokorona mehnatiga yuksak baho berish hamda chuqur hurmat ila e’tirof etish uchun muhim imkoniyat hisoblanadi.

Shu munosabat bilan Majburiy ijro byurosi Andijon viloyati boshqarmasi va hududiy bo‘limlari xodimlari tomonidan soha faxriylari xonadonlariga tashriflar uyushtirildi. Uchrashuvlar chog‘ida faxriylarning hayot yo‘li, kasbiy faoliyati va yurtga qilgan xizmatlari yodga olindi, ularga samimiy tabriklar bildirilib, esdalik sovg‘alari topshirildi.

Bu kabi tashabbuslar soha faxriylariga bo‘lgan yuksak hurmat va e’tiborning amaliy ifodasi bo‘lib, jamiyatimizda ulug‘ qadriyat - keksalarga ehtirom an’anasini yanada mustahkamlaydi.

Faxriylar o‘z navbatida, yurtimizda yosh avlod tarbiyasi, ularning komil shaxs bo‘lib voyaga yetishiga qaratilayotgan e’tibor hamda avlodlar o‘rtasidagi ma’naviy bog‘lanishga berilayotgan ahamiyatdan mamnun ekanliklarini bildirdilar. Ular o‘z faoliyati davomida to‘plagan bilim va tajribalarini yoshlar uchun ibrat maktabi sifatida qayd etib, kasbga sadoqat, vijdonan faoliyat yuritish va Vatanga sidqidildan xizmat qilish kabi fazilatlar haqida o‘rtoqlashdilar.

Mazkur tashriflar nafaqat faxriylarning xizmatlarini qadrlash, balki yosh avlod qalbida hurmat, mas’uliyat va vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirishda muhim o‘rin tutadi. Bunday uchrashuvlar, shubhasiz, ma’naviy merosni avloddan-avlodga yetkazishda muhim vosita vazifasini o‘taydi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Fidokor insonlarga munosib ehtirom