
DXX oltin ilinjidagi zavod xodimlarining noqonuniy harakatlariga chek qo‘yilganini ma’lum qildi.
Xabar berilishicha, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ Shimoliy kon boshqarmasiga qarashli 3-sonli Gidrometallurgiya zavodida faoliyat yurituvchi 2 nafar smena ustasi va 1 nafar bo‘linma apparatchisi oson boylik orttirish niyatida o‘zaro oldindan til biriktirgan.
Ular kelgusida talon-toroj qilish maqsadida tarkibida ko‘p miqdorda oltin moddasi mavjud bo‘lgan og‘irligi 2 kg yarim tayyor mahsulotni zavod ichidagi havo tozalash quvuriga yashirib qo‘ygan.
Davlat xavfsizlik xizmatining Navoiy viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda oltin ilinjidagi ushbu shaxslarning noqonuniy harakatlariga nuqta qo‘yildi.
Tegishli xulosaga ko‘ra, mazkur yarim tayyor mahsulot tarkibida jami 1 kg 523 gramm sof oltin borligi aniqlanib, uning bahosi 2 mlrd 102 mln so‘mni tashkil etadi.
Holat yuzasidan ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 25,169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing