Sherzod Mamadjonov Olmazor tumani elektr ta’minoti korxonasida 2013 yilda nazoratchi sifatida ish boshladi. Unga ishonch bildiriladi va u bir oy o‘tar-o‘tmas korxona rahbari lavozimiga tayinlanadi. Bu haqda “Kun.uz” nashri yozmoqda.
“Baraka yutuq” MChJdagi elektr hisoblagichning ulanish sxmemasi noto‘g‘ri bo‘lganligi sababli, hisoblagich 63 foiz iste’molchining foydasiga ishlayotgani aniqlangan.
Shuningdek, 2013 yil 23 sentyabrda elektr energiyasidan foydalanish qoidalariga rioya qilinishi yuzasidan dalolatnoma rasmiylashtirilgan bo‘lsa-da, Sh.Mamadjonov mansab vakolatini suiiste’mol qiladi. Ya’ni korxonaning etakchi hisobchisi G.Adilova hamda boshqa shaxslar bilan o‘zaro kelishib, rasmiy hujjatlarga soxta ma’lumotlar kiritadi va hujjatlarni qalbakilashtirish yo‘li bilan dalolatnoma asosida 191 mln. 271 ming so‘m miqdoridagi mablag‘ni iste’molchidan undirish chorasini ko‘rmaydi. Shuningdek, ushbu summaning qayta hisob-kitob qilinishiga yo‘l qo‘yilib, iste’molchidan faqat 3 mln. 783 ming so‘m miqdoridagi mablag‘ undiriladi. 187 mln. 487 ming so‘m rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilinib, davlat manfaatlariga juda ko‘p miqdorda zarar etkaziladi.
Oradan ikki oy muddat o‘tmasdan “Billur teks” MChJdagi elektr hisoblagich bilan ham shunga o‘xshash holat yuz bergani aniqlanadi. Natijada iste’molchidan 26 mln. 933 ming so‘m undirilgani holda, jami 271 mln 666 ming so‘m miqdorida davlat manfaatlariga juda ko‘p miqdorda zarar etkaziladi.
Bundan tashqari, Sh.Mamadjonov boshchiligidagi korxona mutasaddilari hisobotlarga sun’iy ravishda iste’molchilari noma’lum bo‘lgan elektr energiyasi, degan soxta ma’lumotlar kiritishadi. Buning oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga 2 mlrd. 667 mln. 748 ming so‘mlik zarar etadi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi sudlanuvchilarning har biriga qilmishiga yarasha jazo tayinladi. Shuningdek, ulardan etkazilgan zararni solidar tartibda undirish ham belgilandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Metabolizm sekinlashganining belgilari