
Avstraliyada yirtqich qush yo‘l bo‘ylab harakatlanayotgan avtomobilning ustiga tirik ilonni tashlab qochdi. Video avstraliyalik videoregistratorlar egalari jamiyatining Facebook'dagi sahifasi orqali taqdim etildi.
Panjalari orasida ilonni ko‘tarib uchayotgan qush u qadar katta bo‘lmagan tezlikda yo‘lni kesib o‘tdi. Yaqin oradagi mashinaga biroz masofa qolganda qush o‘z o‘ljasini tashlab, osmonga uchib ketdi. Avtomobil yo‘lovchilari kutilmagan vaziyatda qo‘rqib ketishdi, xavf ortda qolganini bilishgach, kulib yuborishdi.
[media=https://youtu.be/nXsMCEyMKVc] “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar