date
views 314

Sergelidagi mebel sexida yong‘in sodir bo‘ldi

Sergelidagi mebel sexida yong‘in sodir bo‘ldi
Bugun, 2025 yil 6 iyun kuni soat 07:55 da Toshkent shahrining Sergeli tumanida joylashgan mebel mahsulotlari tayyorlanadigan sexlardan birida yong‘in sodir bo‘lgani haqida Favqulodda vaziyatlar vazirligiga xabar kelib tushdi. Hodisa “Bobur” mahallasi hududidagi Sergeli shohko‘chasida qayd etilgan.

Olingan xabar asosida zudlik bilan yong‘in-qutqaruv xizmatining ekipajlari soat 08:07 da voqea joyiga yetib bordi va yong‘inni bartaraf etish ishlariga kirishdi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lum qilishicha, hozirgi paytda yong‘in to‘liq nazoratga olingan. O‘tish mumkin bo‘lmagan hududlar o‘rab olingan va odamlar xavfsiz joyga evakuatsiya qilingan. Hodisa joyiga O‘zbekiston FVV rahbariyati, shuningdek, Toshkent shahar va tuman FVB mas’ullari ham yetib kelishgan.

Ayni paytda yong‘inning kelib chiqish sabablari va moddiy zarar miqdori o‘rganilmoqda. Hodisa oqibatida jabrlanganlar yoki halok bo‘lganlar haqida rasmiy ma’lumot yo‘q.

Maxsus komissiya tomonidan mazkur holat yuzasidan tergov va texnik ekspertiza ishlari boshlangan.

Fuqarolarga xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etish, ayniqsa ishlab chiqarish sexlari va omborxonalarda yong‘in xavfsizligi talablarini inobatga olish qat’iy tavsiya etilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sergelidagi mebel sexida yong‘in sodir bo‘ldi