
Majburiy ijro byurosi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi Alohida muhim ijro ishlarini ijro etish shu’basi ish yurituvida bo‘lgan, Beruniy tumanlararo iqtisodiy sudining 20.03.2024-yildagi ijro hujjatiga asosan qarzdor "N.ABS. S" MCHJdan AT “Milliy bank” foydasiga jami 16 118 321,6 ming so‘m undirish, undiruvni garov mulki bo‘lgan, To‘rtko‘l tumani, Sharq ko‘chasida joylashgan qiymati 12,1 mlrd. so‘mlik ma’muriy bino va bino ichidagi ishlab chiqarish uskunalariga qaratish qaratish belgilangan.
Bo‘lim davlat ijrochilari tomonidan qarzdorga ijro hujjati ijrosini ta’minlash uchun 15 kunlik ixtiyoriy muddat berilgan hamda garov mulki bo‘lgan ko‘chmas mulklar tegishli tartibda xatlab qo‘yilgan.
Shunga qaramasdan, qarzdor tomonidan ijro hujjati talabi ixtiyoriy ravishda bajarilmaganligi sababli, xatlangan ko‘chmas mulklar elektron onlayn-auksion savdo maydonchasi orqali sotuvga chiqarilgan.
Joriy yilning aprel oyida o‘tkazilgan auksion savdolarida sotuvga chiqarilgan bino xaridor topilmaganligi sababli sotilmagan.
Shunda ushbu mulklar qarzdorlik evaziga undiruvchi AT “Milliy bank” balansiga o‘tkazib berilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar