
Yangi Toshkent shahrida «Peterburg mahallasi» bo‘ladi. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar berdi. Qayd qilinishicha, Toshkent shahri hokimi Shavkat Umurzoqov Sankt-Peterburg vitse-gubernatori Nikolay Linchenko boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.
Muzokaralar davomida shaharsozlik va shahar infratuzilmasini rivojlantirish sohasidagi hamkorlik istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Ta’kidlanishicha, Yangi Toshkent shahrida hududlararo sheriklik aloqalarini mustahkamlashning ramzi sifatida «Peterburg mahallasi» turar-joy va jamoat makonini barpo etish g‘oyasiga alohida e’tibor qaratildi.
Sankt Peterburg vitse-gubernatori Nikolay Linchenko so‘zlariga ko‘ra, loyiha «eski» Toshkentning sharqiy qismiga tutash yangi shaharning bir qismiga aylanadi va O‘zbekiston tomoni bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan konsepsiya doirasida amalga oshiriladi.
«Hozir o‘zbekistonlik hamkasblar bilan birgalikda ishlab chiqilgan konsepsiya bo‘yicha loyihani takomillashtirishda davom etmoqdamiz. Biz mahalla qurilishida Sankt-Peterburgning noyob me’morchiligi va diqqatga sazovor joylarining taniqli elementlaridan foydalanishni rejalashtirmoqdamiz. «Peterburg mahallasi» hududidagi ko‘cha va yo‘l tarmog‘ini investor quradi. Qurilishni boshlash 2026 yilga mo‘ljallangan», dedi Linchenko.
Uning eslatishicha, mahallani tashkil etishga peterburglik mutaxassislarni jalb qilish tashabbusi 2023 yilda bo‘lib o‘tgan Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida ilgari surilgan. Loyiha Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «Yangi Toshkent shahrini qurish direksiyasi» bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar