
So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona shahrida sodir bo‘lgan achinarli holat jamoatchilik e’tiborini tortdi. Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari va Bolalar ombudsmani hamkorligida o‘tkazilgan surishtiruv natijasida, bolaga nisbatan qo‘pol va noqonuniy harakat sodir etgan shaxs aniqlandi. Ma’lum bo‘lishicha, Farg‘ona shahar "Yormazor" mahallasida istiqomat qiluvchi 1980 yilda tug‘ilgan fuqaro A.O. bir yil avval o‘z opasining bir yoshli o‘g‘li I.M.ni hazil deb, avtomashina yukxonasiga joylashtirib, yukxonani yopgan va bu holatni videoga olib, internetga joylashtirgan.
Voqea shov-shuvga sabab bo‘ldi va bu holat bo‘yicha hozirda tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Mazkur shaxsga tegishli avtomashina ham Farg‘ona shahar Ichki ishlar bo‘limiga olib ketildi.
Bolalar ombudsmani bu kabi yolg‘on “hazillar”ning juda xavfli ekanini ta’kidladi. Bolaning ruhiy va jismoniy salomatligiga jiddiy zarar yetishi mumkinligi qayd etildi. Aslida, har bir bola kattalarning hazili, ijtimoiy tarmoqda “layk” va ko‘rishlar uchun qurbon bo‘lishi mumkin emas. Har bir voyaga yetmagan shaxsning huquqlari davlat va qonun himoyasida, uning erkinligini buzish esa jiddiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Ijtimoiy tarmoqlarda o‘ylovsiz va bema’ni videolar olish, balkim, kimlar uchundir “majnuncha sho‘xlik” bo‘lib ko‘rinishi mumkin, ammo bola hayoti va sog‘lig‘i hech qachon xavf ostiga qo‘yilmasligi kerak. Ombudsmanning so‘zlariga ko‘ra, bu kabi holatlarga huquqiy baho berilsa, bola huquqlari kafolatli muhofazada bo‘ladi va bunday hodisalar oldi olinadi.
Har bir ota-ona, qarindosh va yoshlar shuni unutmasin: bolalar – kattalarning mas’uliyati, kelajagi va davlatning eng muhim boyligi. Ularga e’tibor va ehtiyotlik bilan munosabatda bo‘lish – jamiyatning umumiy vazifasi! “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar