
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va birinchi xonim Ziroatxon Hoshimova Qurbon hayitini o‘z oilalari davrasida, samimiy va oddiy muhitda nishonlashdi. Mazkur tabassumli, mehrga to‘la fotosurat bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamaga sabab bo‘lmoqda.
Tabiat qo‘ynida, ochiq osmon ostidagi dasturxonda Shavkat Mirziyoyev piyoz to‘g‘rab, milliy taom tayyorlash jarayonida faol ishtirok etmoqda. Uning yonlarida hamsafari — turmush o‘rtog‘i Ziroatxon Hoshimova shod va quvnoq kayfiyatda, oilaviy muhitga o‘ziga xos yorqinlik bag‘ishlamoqda. Oila boshlig‘ining o‘z qo‘li bilan piyoz to‘g‘rayotgani, oddiy hayot lahzalarini har bir oila singari samimiyat va birdamlik ruhida o‘tkazayotgani jamoatchilikda katta hurmat uyg‘otdi.
Dasturxonda go‘sht, yangi sabzavotlar, qalampir va pomidorlar barcha o‘zbek oilasiga xos milliy dasturxon atributlari sifatida joy olgan. Bu tabiiy, samimiy muhit orqali prezident oilasi oddiy xalq hayotiga yaqinligini va milliy an’analarga bo‘lgan ehtiromini yana bir bor namoyon etdi.

Qurbon hayiti — bu mehr-oqibat, ko‘mak va birlik ramzi. Prezident oilasining shunday ajoyib muhitda bayramni nishonlashi, minglab insonlar uchun ibrat va o‘rnak bo‘ldi. Mazkur fotosurat orqali barchamiz yana bir bor oilaviy qadriyatlar, samimiyat va mehrning inson hayotida naqadar muhim ekanini his qilamiz. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar