
Mashinasozlar metrosi – Chorbog‘ yo‘nalishida 1 iyuldan boshlab avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, yo‘nalishga MAN RR3 rusumli turistik avtobuslar biriktiriladi. Ushbu avtobuslar 47 ta o‘rindiqli, shinam va konditsionerlar bilan jihozlangan.
Yo‘nalishda yo‘lkira narxi 25 ming so‘mni tashkil etadi. Birinchi qatnov “Mashinasozlar” metrosi bekatidan har kuni soat 06:00 da boshlanadi. Qatnovlar har 1,5 soatda amalga oshiriladi.
Qatnov vaqti 1 soat 30 daqiqani tashkil etadi. So‘nggi qatnov soat 20:30 da Chorbog‘ tomondan amalga oshiriladi va soat 22:00 da Mashinasozlar metrosida tugatiladi.
Yo‘nalishdagi avtobuslar o‘z harakatini Mashinasozlar metrosidan boshlab, Maxtumquli ko‘chasi, Yangi O‘zbekiston bog‘i, Hojikent mavzesi, Chinorkent maskani orqali Humson qo‘rg‘onigacha harakatlanadi.
Yo‘nalishda naqd pulda va bank kartalari orqali to‘lov amalga oshirish imkoniyati mavjud. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar