date

Toshkentda 26 ta ko‘cha endi tun-u kun ishlaydigan gavjum maskan bo‘ladi

Toshkentda 26 ta ko‘cha endi tun-u kun ishlaydigan gavjum maskan bo‘ladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 10 iyul kuni Toshkent shahridagi bunyodkorlik ishlari, aholining turmush sharoitlari, sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishdi.

Bu safargi yo‘nalish Shayxontohur va Chilonzor tumanlarini qamrab oldi. Ularni Bunyodkor ko‘chasi bog‘lab turadi. Ushbu markaziy ko‘chada san’at va madaniyat maskanlari, turli idoralar, ko‘p qavatli uylar, supermarket va restoranlar joylashgan. Bu salohiyatdan foydalanib, uning 1,5 kilometr qismi xizmat ko‘rsatish va gastroturizm ko‘chasiga aylantirildi.

Davlat rahbari jamoatchilik vakillari bilan birga bu yerdagi sharoitlarni ko‘zdan kechirdi. Qayd qilinishicha, bu yerdagi 90 ta tadbirkorlik subyekti tunu kun ishlash tartibiga o‘tkazilgan. Shundan 45 ta korxona yangi tashkil etilgan. 500 kishi ish bilan ta’minlangan. Hozir bu joyga yiliga 255 ming mehmon kelmoqda. Endi ularning sonini yiliga 1 millionga yetkazish uchun sharoit bor.

So‘nggi yillarda turizm sohasida 2 mingdan ortiq yangi tadbirkor ish boshladi. O‘tgan yili xorijiy sayyohlar tashrifi ilk bor 10 milliondan oshdi. Turizm qishloqlari, mehmon uylari, gastronomik ko‘chalar qo‘llab-quvvatlanayati.

Poytaxtning Mirobod, Olmazor, Chilonzor, Yakkasaroy, Yangihayot tumanlarida shunday gavjum ko‘chalar tashkil etilgan. Ta’kidlanishicha, Bunyodkor ko‘chasi mazkur turizm halqasining bir qismi bo‘ladi. Umuman, Toshkent shahrida 26 ta ko‘chani tunu-kun ishlaydigan gavjum ko‘chaga aylantirish, 24 soat ishlaydigan savdo nuqtalarini mingtaga ko‘paytirish rejalashtirilgan.

Shu yerda zamonaviy bekatlar hamda avtoturargohlar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda 26 ta ko‘cha endi tun-u kun ishlaydigan gavjum maskan bo‘ladi