
O‘zbekistonda dam olish kunlari — 12 va 13 iyul (shanba-yakshanba) kunlari aholiga qulaylik yaratish maqsadida bir qator tijorat banklari o‘z faoliyatini davom ettiradi. Bu haqda Kursiv.media sayti xabar berdi.
Ushbu kunlarda quyidagi banklar valyuta ayirboshlash va xalqaro pul o‘tkazmalari xizmatlarini amalga oshiradilar:
"Agrobank", "Anorbank", "Apexbank", "Asakabank", "Asia Alliance Bank", "Biznesni rivojlantirish banki", "Garantbank", "Hamkorbank", "Hayot Bank", "Ipoteka bank", "Infinbank", "Kapitalbank", "Orient Finans Bank", "Sanoatqurilishbank", "Saderat Bank", "Tenge Bank", "Trastbank" va "O‘zmilliybank".
Bundan tashqari, 24/7 tartibida ishlovchi avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash bankomatlari hamda banklarning mobil ilovalari orqali istalgan vaqtda onlayn tarzda valyuta almashtirish mumkin.
Markaziy bank har bir filialning ish vaqti alohida tartibda belgilanishini inobatga olib, mijozlarga aniq ma’lumotlarni banklarning o‘zi orqali olishni tavsiya etmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar