
Samarqandda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. “O‘zenergoinspeksiya”ning Samarqand viloyat boshqarmasi va ichki ishlar idoralari hamkorligida o‘tkazilgan nazorat tadbiri davomida “S.Y.K” korxonasiga qarashli sug‘orish tizimi o‘zboshimchalik bilan elektr tarmog‘iga ulangani fosh etildi.
Tekshiruvlar davomida ushbu qonunbuzarlik korxona tomonidan amalga oshirilgani va uning oqibatida elektr ta’minoti tashkilotiga katta moddiy zarar yetkazilgani ma’lum bo‘ldi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, zarar miqdori 2 milliard 601 million so‘mni tashkil etmoqda.
Hozirda ushbu holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Masala nazoratga olingan va aybdorlar aniqlangandan so‘ng qonuniy choralar ko‘rilishi kutilmoqda.
Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish mamlakat iqtisodiyotiga katta salbiy ta’sir ko‘rsatishi bilan birga, umumiy elektr ta’minoti tizimidagi barqarorlikka ham tahdid soladi. Shu bois, “O‘zenergoinspeksiya” bu kabi holatlarga qarshi kurashni kuchaytirishini ma’lum qilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar