date

Mast holda avtomobil boshqarish qimmatga tushdi

Mast holda avtomobil boshqarish qimmatga tushdi
Majburiy ijro byurosining Toshkent shahar Shayxontohur tuman bo‘limi davlat ijrochisi U.Tojiyevning ish yurituvida JIB Chilonzor tuman sudining 29.09.2023 yildagi qaroriga asosan, qarzdor fuqaro S.R.dan undiruvchi davlat foydasiga 8.250.000 so‘m miqdoridagi mamuriy jarima summalarini undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati kelib tushgan.

“Fuqaro spirtli ichimlik ichgan holda tong sahar soat 05.00 larda Chilonzor tuman hududida ishonchnoma orqali boshqargan “Matiz” avtotransport vositasida harakatlangan paytida YHXBB xodimlari tomonidan to‘xtatilgan va tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun haydovchi YHXBB xodimlari tomonidan taklif etilgan.”

Ijro ishi bo‘yicha qarzdorlikni undirish choralari davomida, qarzdor fuqaroga O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining tegishli bandlari tushuntirilib, qonun talabi asosida o‘z muddatida qarzdorlik qoplanishi haqida ogohlantirilgan.

Qarzdor ogohlantirishlarga qaramay qarzdorlikni o‘z vaqtida bartaraf qilmagan. Olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida qarzdorning doimiy ro‘yxatdan o‘tgan manzili bo‘yicha mulkiy ahvoli o‘rganilib, xatlov harakatlarini amalga oshirish jarayonida qarzdor tomonidan davlat foydasiga 8.250.000 so‘m qarzdorlik undirilib, ijro hujjati Qonunning 41-moddasi 1-bandiga asosan amalda tamomlangan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Mast holda avtomobil boshqarish qimmatga tushdi