date

Ajralish erkaklar uchun suiqasd xavfini 5 barobarga oshirar ekan...

Ajralish erkaklar uchun suiqasd xavfini 5 barobarga oshirar ekan...
Ajralish nafaqat nikohning tugashi, balki ko‘plab erkaklar uchun og‘ir psixologik zarba, hayotdagi muhim ustunliklarni yo‘qotish va jismoniy holatda ham tanazzuldir. Jahon bo‘ylab 106 milliondan ziyod erkak ma’lumotlari tahlil qilingan yangi tadqiqot natijalari buni yana bir bor tasdiqladi.

Olimlarning aniqlashicha, nikohdan ajralgan erkaklarda o‘z joniga qasd qilish ehtimoli nikohda bo‘lganlarga nisbatan kamida 5 barobar yuqori. Eng xavfli toifa esa 35 yoshgacha bo‘lgan yoshlar hisoblanadi. Ularda ijtimoiy aloqalarning uzilishi, yolg‘izlik hissi va asosiy hissiy ko‘mak manbasi – turmush o‘rtog‘ini yo‘qotish oqibatida xavf 9 barobargacha ortishi mumkin.

Muttaxassislar bu holatga faqat shaxsiy muammo sifatida qaramaslik kerakligini ta’kidlashmoqda. Chunki erkaklar ko‘p hollarda ichki iztirobini berkitishga, ruhiy og‘riqni bildirmaslikka uringani bois, ulardagi qasd qilish holatlar ko‘pincha hech kim bilmagan holda avj oladi.

Tadqiqotda qayd etilishicha, ajrashgan erkaklar orasida ruhiy salomatlik muammolari, uyqu buzilishi, me’yordan ortiq ichkilik iste’moli va ishda pasayish holatlari keng tarqalgan. Bundan tashqari, ularga munosabatdagi salbiy ijtimoiy stereotiplar ham qo‘shimcha bosim sifatida ta’sir qilmoqda.

Tadqiqot mualliflari davlatlar va jamoatchilikni erkaklarning post-ajrashuv holatidagi ehtiyojlariga jiddiy e’tibor qaratishga chaqirishmoqda. Psixologik ko‘mak, ijtimoiy aloqa imkoniyatlari, erkaklarga mo‘ljallangan qayta moslashuv dasturlari ushbu muammoni yumshatishga yordam berishi mumkin.

Eng muhimi, odamlar o‘rtasidagi munosabat qanday yakun topishidan qat’i nazar, har bir insonning ruhiy ahvoli – jamiyatning salomatlik ko‘zgusidir. Ayniqsa, ajralish singari hayotiy sinovlar paytida erkaklar eshitilishi, tushunilishi va qo‘llab-quvvatlanishi kerak.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ajralish erkaklar uchun suiqasd xavfini 5 barobarga oshirar ekan...