AQSh harbiy-havo kuchlari vaziri Debora Li Jeyms prezident uchun mo‘ljallangan yangi samolyotning juda qimmatligini unga davlat rahbari xavfsizligini ta’minlash uchun maxsus talablar qo‘yilishi bilan tushuntirdi. Bu haqda "Kun.uz" xabar bermoqda.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, prezident samolyoti raketa zarbasidan himoyalangan bo‘lishi, davlat rahbarining yadroviy qo‘shinlar bilan aloqasini ta’minlashi kerak. Bunday xarakteristikalar nafaqat prezidentni himoyalash, balki unga favqulodda vaziyat holatida mamlakatni uzoq vaqt boshqarishga imkon berishi lozim.
"AQSh prezidenti Boeing 747 negizida qurilsa-da, biroq bu yo‘lovchi layneri haqidagi tasavvurdan ancha kattaroq narsadir. Agar xavfsizlik choralari haqida gapirilsa, mohiyatan bu parvoz qiluvchi Oq uydir. Unda radioelektron bostirish choralari qo‘llangan, aloqa yuqori darajadagi bayonnomaga muvofiq ta’minlanadi, hamma erda xavfsizlik mavjud. Bundan tashqari, u prezidentni olib yuoradi", deb aytdi Jeyms nashrga bergan intervyusida.
Vazir samolyot "uzoq masofalarga uchishini, oddiy fuqarolik samolyotidan ko‘ra murakkabroq sharoitlarga bardosh bera olishini" qo‘shimcha qildi. "Shuning uchun u bir qarashda ko‘rinishi mumkin bo‘lgandagidan ancha murakkabroqdir", deb aytdi vazir.
Vazir Oq uyda prezident samolyoti uchun talablarni ishlab chiqadigan xavfsizlik sohasidagi mutaxassislar borligini aytdi. Vazirning aytishicha, samolyot narxini talablar o‘zgartirilsagina tushirish mumkin.
Avvalroq AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp yangi prezident samolyotlarini etkazib berish uchun shartnoma 4 mlrd dollar turishini aytdi va bu shartnomani juda qimmatligi tufayli bekor qilish bilan tahdid qildi. Boeing kompaniyasida ular hozircha mudofaa vazirligi bilan yangi samolyotlar imkoniyatlari va spesifikasini baholash bo‘yicha 170 mln dollarlik shartnomanigina bajarishayotgani aytildi.
Hozirda AQSh prezidenti 30 yil avval yaratilgan ikkita Boeing 747-200B samolyotidan foydalanadi. Yangi samolyotlarni 2023-2024 yillarda safga tushirish rejalashtirilgan.
Joriy yil yanvarida Boeing kompaniyasi AQSh prezidentlari uchun Boeing 747-8 negizida yangi avloddagi samolyotlarni yaratishga shartnomani olgandi. Dastlab shartnoma qiymati 3 mlrd dollarni tashkil qilishi taxmin qilingandi. Agar bu samolyotlar yaratilgudek bo‘lsa, Tramp ularda ikkinchi muddatga saylangan taqdirdagina parvoz qila olishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi