Rus pravoslav cherkovi bosh ruhoniysi patriarx Kirill, O‘zbekiston yangi prezidentiga uning ushbu ulug‘ lavozimga saylanishi xalq ishonchidan darak dedi.
Moskva va butun Rossiya patriarxi Kirill Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston prezidenti lavozimiga saylanishi munosabati bilan tabrikladi va kelajakda ham Toshkentdagi Rus pravoslav cherkovi hamda O‘zbekiston hukumati orasida hamkorlik davom etishiga umid bildirdi. «Siz uzoq yillar davomida o‘z xalqingizga fidokorona xizmat qildingiz. Barcha kuch va qobiliyatingizni mamlakat rivojlanishi va fuqarolar farovonligi yo‘lida sarfladingiz. Bo‘lib o‘tgan saylov O‘zbekiston aholisining sizga bo‘lgan ishonchini namoyish qildi. Ular o‘z kelajaklarini va bugungi kundagi muhim muammolarni siz bilan birgalikda hal qilishni umid qilmoqdalar», — deyilgan RPCh rahbari xabarida. Shuningdek, Patriarx Kirill O‘zbekiston rahbariga o‘zbek xalqiga ma’suliyat bilan xizmat qilishda sog‘liq va muvaffaqiyat tiladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»