date

Qonuniy huquqlari mavjud bo‘lmagan yer maydonidan foydalanish qimmatga tushdi

Qonuniy huquqlari mavjud bo‘lmagan yer maydonidan foydalanish qimmatga tushdi
Byuroning Toshkent shahar boshqarmasi 1-Tumanlararo bo‘limi davlat ijrochisi M.Kuzibayevaning ish yurituviga Toshkent shahar Sirg‘ali tuman Kadastr agentligining qaroriga asosan, yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish, shu jumladan ushbu yer maydonlariga nisbatan qonuniy huquqlari mavjud bo‘lmagan holda ulardan foydalanganligi sababli, O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 60-modda 3-qismiga muvofiq, qarzdor fuqaro T.J.dan 150.000.000 so‘m ma’muriy jarima undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati 21.07.2025 yilda kelib tushgan.

Ijro hujjati ijrosini ta’minlash jarayonida, qarzdor fuqaro, noqonuniy hatti-harakatlarini tushunib, qonuniy huquqlari mavjud bo‘lmagan yer maydonlaridan foydalanish oqibati cho‘ntagiga zarar bo‘lishini anglab yetdi.

Ijro ishi bo‘yicha qarzdorlikni undirish choralari davomida, fuqaroga O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining tegishli modda va bandlari bilan ijro hujjatining ta’minlanishi tushuntirilgan hamda qonun talabi asosida 5 kunlik muddat berilgan.

Olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida 24.07.2025 yilda qarzdor fuqarodan davlat foydasiga 150.000.000 so‘m mamuriy jarima to‘liq undirilib, ijro hujjati Qonunning 41-moddasi 1-bandiga asosan amalda tamomlangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qonuniy huquqlari mavjud bo‘lmagan yer maydonidan foydalanish qimmatga tushdi