date

Toshkentdagi Mangal Fest festivali janjalga aylandi

Toshkentdagi Mangal Fest festivali janjalga aylandi

Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Mangal fest nomli ommaviy festival shanba kuni kutilmagan tarzda shov-shuvga aylandi. Mirobod tumanidagi Taras Shevchenko ko‘chasida tashkil etilgan tadbir paytida bir guruh fuqarolar o‘rtasida og‘zaki tortishuv paydo bo‘lib, tez orada u janjalga aylandi.

Hodisadan tarqalgan videolarda janjalchi shaxslarni huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari aralashib ajratayotgani aniq ko‘riladi. Festival tinch va xatarsiz o‘tkazilishi uchun ilgaridayoq maxsus xizmatlar jalb qilingan bo‘lsa-da, ayrim fuqarolar jamoat tartibini inkor etib, o‘zaro kelishmovchilikka berilgan.

Poytaxt IIBB rasmiy axborotida ta’kidlanishicha, Ichki ishlar va Milliy gvardiya xodimlari vaziyatni o‘z vaqtida nazoratga olib, janjalning kengayib ketishiga yo‘l qo‘ymagan. Bundan tashqari, mojaroga aloqador shaxslarning barchasi aniqlanib, ular profilaktik suhbat o‘tkazish uchun yaqin oradagi IIB binosiga olib ketilgan.

Hozirda janjal aks etgan videomateriallar asosida Mirobod tumani IIO tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Tekshiruv yakunida jamoat tartibini buzgan shaxslarga nisbatan qonuniy baho berilishi kutilmoqda.

Shu o‘rinda ta’kidlash kerakki, Toshkentda joriy yilning 27–29 iyun kunlari o‘tkazilgan pivo festivali ham jamoatchilik orasida katta tortishuvlarga sabab bo‘lgandi. Qator fuqarolar va ijtimoiy faollar bu kabi tadbirlarni milliy an’analar va ma’naviy qadriyatlarga zid, deb baholagan. Xususan, “Milliy tiklanish” partiyasi deputati Firuza Muxamedjanova bu kabi tadbirlarni ochiq tanqid qilib, ularning jamiyat ongiga salbiy ta’siri borligini ta’kidlagan edi.

Bunday holatlar jamoat tartibini saqlashning qanchalik muhimligini yana bir bor namoyon etmoqda. Har qanday ommaviy tadbir nafaqat ko‘ngilochar mazmunda, balki xavfsizlik nuqtayi nazaridan ham mas’uliyat bilan tashkil etilishi lozim. Mangal yoqishdan boshlangan mazmunan musiqa, ta’m va ko‘ngil ochishga bag‘ishlangan festival keng jamoatchilik diqqat markazida qolmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentdagi Mangal Fest festivali janjalga aylandi