Samarqand viloyatida mahalliy boshqaruv va davlat organlarida yangi kadrlar siyosati faol amalga oshirilmoqda. Yaqinda Samarqand viloyatining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha hokim o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan Shunqor Xudoyberdiyev Payariq tumani hokimi etib rasman tasdiqlandi.
Bundan tashqari, viloyatda yana ikkita tuman – Toyloq va Urgut rahbariyatida ham katta o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. 2018 yil avgustidan buyon Toyloq tumanida hokimlik vazifasini bajargan Bobonazarov Bahodir Qodirovich o‘z vazifasidan ozod etildi. Uning o‘rniga Rahmatullayev Behzod Rahmatullayevich tuman hokimi etib tayinlandi. U shu paytgacha viloyat hokimligida tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari sifatida ishlagan.
2020 yil noyabr oyidan beri Urgut tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan Botir Jabborov ham o‘z lavozimidan ozod etildi. Yangi rahbar sifatida Sayidqulov Dilmurod Bastamovich tuman hokimi etib tasdiqlandi. U shu vaqtga qadar Samarqand viloyati prokurori o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Mahalliy boshqaruvdagi o‘zgarishlar bilan birga, Prezident farmoyishiga binoan, Babayev Farruh Mansurovich Samarqand viloyati soliq boshqarmasi rahbari etib tayinlandi. Babayev ilgari Soliq qo‘mitasida organlar faoliyati ustidan nazorat qilish departamenti direktorligini amalga oshirgan.
Samarqanddagi bunday yangi tayinlovlar mahalliy davlat boshqaruvida zamonaviy yondashuv va salohiyatli kadrlarni jalb qilish bo‘yicha muhim qadam sifatida baholanmoqda. Viloyat aholisi va jamoatchiligi ushbu yangilangan rahbarlardan hudud taraqqiyoti, iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarning samaradorligini oshirish bo‘yicha muhim natijalar kutmoqda. Yaqin kunlarda bu o‘zgarishlar natijasida yangi tashabbuslar va amaliy natijalar kuzatilishi mumkin.
Samarqandda yangi rahbarlar: tuman va boshqarmada muhim tayinlovlar
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar