date

Buxoroda budjet mablag‘lari uchun “otkat” so‘ragan bosh hisobchi ushlandi

Buxoroda budjet mablag‘lari uchun “otkat” so‘ragan bosh hisobchi ushlandi

Olot tumani tibbiyot birlashmasi bosh hisobchisi Romitan tumanida kiyimdan tashqari noto‘qima mahsulotlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi MCHJdan birlashma ehtiyojlari uchun 400 dona yotoq choyshablarini sotib olish bo‘yicha shartnoma tuzadi. Bosh hisobchi o‘zining o‘rinbosari bilan o‘zaro til biriktirib, mazkur shartnomada tovar narxini oshirib ko‘rsatish orqali, ya’ni har bir choyshabni 90 ming so‘mdan emas, balki 190 ming so‘mdan hisoblab, umumiy xarajatlar summasini 76 mln so‘m qilib ko‘rsatadi.

Natijada ortiqcha hisoblangan 40 mln so‘m “otkat”ni MCHJ ish yurituvchisidan talab qiladi.

DXXning Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda ular oldindan 32 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Ularga nisbatan JKning 25,167-moddasi 2-qismi “v,g” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Buxoroda budjet mablag‘lari uchun “otkat” so‘ragan bosh hisobchi ushlandi