date

Qashqadaryo va Farg‘onada pora olgan amaldorlar ushlandi

Qashqadaryo va Farg‘onada pora olgan amaldorlar ushlandi

Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i 2 nafar fuqaroni haydovchi sifatida ishga qabul qilinganidan foydalanib, go‘yoki ularning ishga kirishida ko‘maklashganini ro‘kach qilib, 6 ming AQSH dollari talab qilgan. Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda mazkur mansabdor shaxs Shahrisabz tuman FVB ma’muriy binosida 3,5 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168- va 211-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Farg‘ona viloyati, Marg‘ilon shahri Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi bosh mutaxassisi fuqaroga davlat xususiy sherikchilik asosida bog‘cha ochishi uchun vazirlikda ishlovchi tanishlari orqali ruxsatnoma olib berish evaziga 2 ming AQSH dollari olgan vaqtida DXX va IJQKD xodimlari tomonidan ushlangan.

Unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168- va 211-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qashqadaryo va Farg‘onada pora olgan amaldorlar ushlandi