date

Farzandlar butun oila bag‘riga qaytdi

Farzandlar butun oila bag‘riga qaytdi
FIB Chirchiq tumanlararo sudining 17.04.2025 yildagi ijro varaqasiga asosan, qarzdor M.R.dan undiruvchi O.A. foydasiga bir nafar farzandi ta’minoti uchun 1/4 qismi miqdorida aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati joriy yilning 21 aprel kuni, shuningdek, yuqoridagi sudning 01.05.2025 yildagi sud buyrug‘iga asosan, qarzdor U.H.dan undiruvchi J.T. foydasiga ikki nafar voyaga yetmagan farzandlari ta’minoti uchun 1/3 qismi miqdorida aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati Byuroning M.Ulug‘bek tuman bo‘limi ish yurituviga joriy yilning 2 may kuni kelib tushgan.

Ijro harakatlari davomida, joriy yilning 23 iyul hamda 11 avgust kunlari bo‘lim davlat ijrochisi J.Sherqoziyev tomonidan huquqiy tushuntirish ishlari olib borilishi natijasida taraflar yarashtirildi. Shuningdek, mazkur ijro hujjatlari Qonunining 40-moddasi, 1-qismiga asosan ijro ishi yuritishdan tamomlandi.

Mazkur aliment undiruvi bilan bog‘liq ijro hujjatlarida bir yosh oilaning bir nafar, ikkinchi oilaning ikki nafar voyaga yetmagan farzandlari bor. Kattalar o‘rtasidagi tushunmovchiliklar sabab ko‘proq o‘rtadagi voyaga yetmagan farzandlar qiynaladi.

Shuni e’tiborga olgan holda, Byuro organlariga kelib tushayotgan aliment undiruviga oid ijro hujjatlari bo‘yicha davlat ijrochilari tomonlarni yarashtirishga, aliment undiruvi bu yechim emasligini, o‘rtadagi voyaga yetmagan farzandlar taqdiri beetibor qolmasligini tushuntirishadi. Xuddi shunday huquqiy targ‘ibotlar natijasida ajrimdagi yana ikki oila tiklanishiga erishilib, uch nafar voyaga yetmagan farzandlar butun oila bag‘riga qaytdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Farzandlar butun oila bag‘riga qaytdi