date

Andijonda Damas yo‘lni kesib o‘tgan bolani urib yubordi

Andijonda Damas yo‘lni kesib o‘tgan bolani urib yubordi

Andijon viloyati Asaka tumanida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Bu haqda YHXB matbuot xizmati ma’lumot berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea joriy yil 20 avgust kuni soat 15:00 atrofida “Beruniy” mahallasi, Al-Buxoriy ko‘chasida sodir bo‘lgan.

1991 yilda tug‘ilgan haydovchi J.R. boshqaruvidagi Damas avtomobili yo‘lning belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotgan 2019 yilda tug‘ilgan bolani urib yuborgan.

Hodisa natijasida 6 yoshli piyoda yengil tan jarohati olgan va Asaka tuman tez yordam bo‘limiga olib borilgan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan huquq-tartibot organlari tomonidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Andijonda Damas yo‘lni kesib o‘tgan bolani urib yubordi