Joriy yilning 17-20 avgust kunlari Qirg‘iz Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Sud hujjatlarini ijro etish va ustidan nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i Klara Masalbekova boshchiligidagi delegatsiya yurtimizga tashrif buyurdi.
Tashrif maqsadi – Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi va Qirg‘iziston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Sud ijrochilari xizmati o‘rtasida ikki tomonlama munosabatlarni yo‘lga qo‘yish, shuningdek ikki davlatning majburiy ijro xizmatlari o‘rtasida ustuvor yo‘nalishlar va istiqbolli rivojlantirishda o‘zaro hamkorlik qilish masalalari muhokamasi hisoblanadi.
Bosh prokuraturada Qirg‘iziston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Sud ijrochilari xizmati delegatsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Majburiy ijro byurosi vakillari o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida, Qirg‘iziston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Sud ijrochilari xizmati delegatsiyasiga O‘zbekiston Respublikasining majburiy ijro tizimidagi amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma’lumot berildi.
Shuningdek, Qirg‘iziston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Sud ijrochilari xizmati delegatsiyasi a’zolari Byuroning Yashnobod tuman bo‘limiga tashrif buyurib, u yerda davlat ijrochilarining ijro hujjatlarini ijro etish sohasidagi faoliyati, shuningdek bu borada tizimga joriy qilingan raqamlashtirish jarayonlari hamda ilg‘or tajriba va islohotlar bilan yaqindan tanishdilar.
Sud hujjatlarini ijro etish va ustidan nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i K. Masalbekova hamda delegatsiya ishtirokchilari tomonidan ijro hujjatlarini majburiy ijro etish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, shuningdek jarayonlarni raqamlashtirish tufayli erishilayotgan natijalar yuksak baholandi.
Qirg‘iziston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Sud ijrochilari xizmati delegatsiyasi a’zolari bilan uchrashuvlar davom ettirilib, Huquqni muhofaza qilish akademiyasida ta’lim sohasida amalga oshirilgan institutsional o‘zgarishlar, akademiyaning tarixi va faoliyati, kiberjinoyatlarni fosh etishda erishilgan yutuqlar, ta’lim oluvchilarning amaliy ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan o‘quv sinflari bilan yaqindan tanishtirildi.
Shu bilan birga, “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” AJ vakillari ishtirokida mamlakatimizda mol-mulklarni “E-Auksion” elektron onlayn-savdolari orqali sotish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ilg‘or islohotlar haqida tajriba almashinildi.
Majburiy ijro byurosi mas’ullari qirg‘izistonlik hamkasblarini qabul qilishdi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar