9 489
Lola Karimova-Tillyaeva Islom Karimov fondining ilk xayrli loyihasi haqida xabar berdi
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimovning kenja qizi, “Sen yolg‘iz emassan” xayriya jamg‘armasi vasiylik kengashi raisi, O‘zbekistonning YuNESKOdagi doimiy vakili Lola Karimova-Tillyaeva Islom Karimov fondiga asos solgani haqida xabar bergan edik.
Karimova-Tillyaeva ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifasi orqali Buxoro viloyati, Qorako‘l tumanida joylashgan ikkita maktab “Sen yolg‘iz emassan” xayriya fondi tomonidan rekonstruksiyadan chiqarilgani, biroq bu xayrli ishlar Islom Karimov fondining ilk ishi sifatida taqdim etilayotgani haqida xabar berdi.
Jamoatchi maktab ta’miri va mazkur xayriya ishi haqida shunday deydi:
“Buxoro viloyati Qorako‘l tumanida joylashgan ikkita umumta’lim maktabi qayta ta’mirlash ishlaridan so‘ng o‘quvchilar uchun o‘z eshiklarini ochdi. Mazkur maktablardagi kapital rekonstruksiya ishlari “Sen yolg‘iz emassan” fondi tomonidan amalga oshirilgan edi, ammo otamning xotiralarini yodga olib va xolis niyatlarimiz ramzi sifatida ushbu xayrli ishni biz Islom Karimov fondining birinchi loyihasi sifatida taqdim etmoqchimiz.
Besh gektarga teng umumiy maydonda joylashgan 5- va 43-sonli maktablarni ta’mirlash ishlari fond tomonidan mazkur yilning may oyida boshlab yuborilgan edi. 1961 va 1980 yillarda qurilgan ikkala maktabning binolari juda eskirgan bo‘lib, ancha yomon ahvolda edi. Qayta ta’mirlash ishlari binolarning devorlari va fundamentini mustahkamlashdan boshlab yuborildi. Qo‘shimcha qilib majlislar va sport zallari, maktab hovlilarida futbol, voleybol, basketbol, gandbol va tennis maydonchalari barpo etildi.
341 ta bola tahsil olayotgan 43-maktab uchun qo‘shimcha 5 ta o‘quv sinfi qurib bitkazildi. Endi o‘quvchilar qo‘shni maktab sinflarida emas, balki o‘z maktablarida bemalol dars olishlari mumkin. 711 ta o‘quvchiga ega 5-maktab uchun yangi gimnastika zali va oshxona barpo etildi.
Barcha korpuslarning devor va poydevorlari mustahkamlanib, xonalarni isitish va kanalizasiya tizimlari yangilanib, suv quvurlari va yong‘in xavfsizligi tizimi o‘tkazildi.
Maktabdagi o‘quv va ma’muriy xonalar zamonaviy mebellar bilan jihozlanib, kompyuter texnikalari bilan ta’minlandi. Kimyo, fizika, biologiya, informatika, mehnat xonalari ham zarur anjomlar bilan jihozlandi”.
Lola Karimova-Tillyaeva maktab o‘quvchilari, murabbiylar va ota-onalarni yangi maktab binosining foydalanishga topshirilgani bilan qutlar ekan, bu maktabda O‘zbekistonning dovrug‘ini dunyoga tanitadigan kelajak avlod kamol topishiga umid bildirdi.
“Barchamizga ma’lumki insonning kelajagiga poydevor aynan maktabda solinadi. Bu ikki maskan ko‘plab iqtidorli yigit va qizlarni etishtiradi, deb astoydil umid qilaman. Ta’lim jarayoni samarali kechishi uchun biz bu erda barcha qulay sharoitlarni yaratishga harakat qildik. Ushbu maktablar bitiruvchilari bilan hali butun O‘zbekistonimiz fahrlanishiga tilakdoshman. Oq yo‘l, sizga, aziz bolalar!”, deb yozadi jamoatchi.
Lola Karimova-Tillyaeva o‘z mulohazalari davom ettirib, Islom Karimov fondining faoliyatiga ham to‘xtalib o‘tdi.
“Islom Karimov jamoatchilik xayriya fondiga O‘zbekiston mustaqilligi asoschisi va Birinchi Prezidenti Islom Karimovning xotirasi va hayotda amal qilgan tamoyillarini abadiylashtirish maqsadida asos solingan.
Islom Karimov Fondining birlamchi vazifalari mamlakatimiz hamda xorijda O‘zbekistonning tarixiy, madaniy va adabiy merosini targ‘ib qilishga mo‘ljallangan dasturlarni amalga oshirishdan iboratdir.
Fond tomonidan yoshlarning intellektual va ijodiy salohiyatini rivojlantirishga, oliy o‘quv yurti va maktab murabbiylari hamda tibbiyot xodimlarining kasbiy malakalarini oshirishga yo‘naltirilgan turli ilmiy-ma’rifiy, madaniy dastur va loyihalar amalga oshiriladi”.
Manba: Qalampir.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi