
AQShning Florida shtatidagi Jeksonvill shahrida yashovchi o‘qituvchi Nadin Ebri 4-sinf o‘quvchilariga bo‘lish, ko‘paytirishni o‘rgatish maqsadida yangi innovasion uslubni o‘ylab topdi, deb xabar berdi “Darakchi” nashri.
Dars paytida suratga olingan shunday videolardan birini o‘qituvchi o‘zining “Fesbuk” sahifasiga joylashtirdi. Unda doska yonida qizg‘in raqsga tushayotgan qizni, unga misol echishda yordam berib, jo‘r ovozda kuylayotgan o‘quvchilarni ko‘rish mumkin.
Bolalar “Bo‘l, ko‘paytir, ayir, qo‘sh”, deb kuylamoqda.
Ebri bunday metodika haqiqatan ham sinfda davomatning ko‘tarilishiga yordam berayotgani, bolalar hamma narsani qo‘shiq qilib kuylashga o‘rganishgani haqida gapirdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar