date

Namanganda qalbaki 30 ming AQSH dollarini o‘tkazmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Namanganda qalbaki 30 ming AQSH dollarini o‘tkazmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Namangan viloyati boshqarmasi, DXX hamda Bojxona boshqarmasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Unda, “Toshkent-Namangan” yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan Laccetti rusumli avtomashina to‘xtatilib ko‘zdan kechirilgan.

Tekshiruv jarayonida avtomashina yo‘lovchisi S.B. har biri 100 AQSH dollarlik qalbaki 30 000 AQSH dollarini Namangan shahrida o‘tkazish maqsadida olib kelgani aniqlanib, ushbu qalbaki pullar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Namanganda qalbaki 30 ming AQSH dollarini o‘tkazmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi