Angren shahri IIB huzuridagi tergov bo‘limi katta tergovchisi o‘z ish yurituvidagi tergovga qadar tekshiruv jarayonida fuqaroga nisbatan jinoyat ishini qo‘zg‘atmaslik va tegishli chora ko‘rmaslik evaziga 10 ming AQSH dollari talab qilgani ma’lum bo‘ldi.
Davlat xavfsizlik xizmati, Bosh prokuratura huzuridagi departament hamda IIV shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi hamkorligida amalga oshirilgan tezkor tadbirda, u so‘ralgan pulning yarmi — 5 ming dollarni olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan tergovchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi “b” bandi asosida jinoyat ishi ochilgan va unga nisbatan «qamoq» ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilayotgani, ish doirasida qo‘shimcha holatlar ham o‘rganilayotgani ta’kidlanmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!