date

MIB: Elektr energiyasidan qarzi evaziga fermerning avtomashinasi xatlandi

MIB: Elektr energiyasidan qarzi evaziga fermerning avtomashinasi xatlandi
Sirdaryo tumanlararo iqtisodiy sudining 07.02.2025 yildagi qarzdor fermer xo‘jaligidan undiruvchi “Hududiy elektr tarmoqlari” korxonasi foydasiga 41 mln. 780 ming so‘m qarz undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘yicha Majburiy ijro byurosining Sirdaryo tuman bo‘limi tomonidan ijro harakatlari olib borilgan.

Ijro hujjati talabini ixtiyoriy muddatda bajarish yuzasidan qarzdor rasman ogohlantirilib, tushuntirish ishlari olib borilgan.

Biroq, belgilangan muddatda qarzdorlik bartaraf etilmaganligi sababli, qarzdor fermer xo‘jaligiga tegishli “Kobalt” rusumli avtomashina xatlanib, jarima maydoniga joylashtirilgan.

Hozirda mazkur avtotransport vositasini baholatib, auksion savdosiga chiqarish choralari ko‘rilmokda.

Byuroning Sirdaryo tuman bo‘limi

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MIB: Elektr energiyasidan qarzi evaziga fermerning avtomashinasi xatlandi