Uchtepada kechasi avtomobil yong‘ini tezkor o‘chirildi

Uchtepada kechasi avtomobil yong‘ini tezkor o‘chirildi

Toshkent shahri Uchtepa tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida avtomashina yonib ketdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea 15 sentyabr kuni soat 00:23 da tumandagi Shoftolizor ko‘chasida ro‘y bergan. Harakatlanib ketayotgan avtomobilda yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lib, yong‘inga chalingani haqida Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar berilgan.

Zarur yong‘in-qutqaruv guruhlari aytilgan manzilga soat 00:30 da yetib kelib, qisqa fursatda yong‘inni nazoratga oldi. Barcha harakatlar natijasida yong‘in soat 00:36 da to‘liq o‘chirildi.

Mazkur hodisa vaqtida avtomashinada bo‘lgan shaxslardan hech kim tan jarohati olmagan.

Mutasaddilar mazkur holat bo‘yicha qo‘shimcha tekshiruv ishlari olib borilayotganini ma’lum qildilar.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar