
Jazoirning Ayn-Sefra shahrida istiqomat qiluvchi Karim Buchetata noyob tabiat hodisasini suratga olish muvaffaq bo‘ldi. U sahroda yoqqan qorni tasvirga tushirgan, deb yozmoqda Kun.uz sayti.
Gizmodo’ning xabar berishicha, erkak bu holatdan o‘zi ham hayratga tushgan, biroq qor erib ketguniga qadar bir necha kadrlarni olishga ulgurdi.
“Sahro darvozasi” nomi bilan mashhur bo‘lgan Ayn-Sefra tumanida qor 1979 yilning fevralida, shuningdek 2005 va 2012 yillarda yog‘gan.
Eslatib o‘tamiz, Saudiya Arabistonida ham noyabr oyi oxirida qor yog‘di. Bu ham ushbu mintaqaga xos bo‘lmagan hodisa bo‘lib, o‘shanda havo harorati uch daraja sovuqni tashkil qildi.




Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar