date

Korxonaning 600 mln.so‘mlik suv ta’minotidan bo‘lgan qarzdorligi bartaraf etildi

Korxonaning 600 mln.so‘mlik suv ta’minotidan bo‘lgan qarzdorligi bartaraf etildi

Majburiy ijro byurosi Qo‘qon shahar bo‘limiga kelib tushgan ijro hujjatiga asosan, Qo‘qon shahar elektr ta’minoti korxonasining suv ta’minotidan yuzaga kelgan 600 million so‘mlik qarzdorlikni 5 kunlik muddatda ixtiyoriy ravishda qoplab berdi.

Bu tashkilotlar o‘rtasidagi muhim moliyaviy masalaning MIB aralashuvi bilan, hamkorlik va mas’uliyatli yondashuv ruhida, muddatidan oldin hal etilishi, ikki korxonaning o‘zaro ishonchi va shahar aholisiga sifatli xizmat ko‘rsatish yo‘lidagi birgalikdagi sa’y-harakatlarini yaqqol ko‘rsatadi.

Qarzdorlikning ixtiyoriy va muddatidan oldin qoplanishi, ikki muhim kommunal soha korxonasining moliyaviy barqarorligini mustahkamlashga va ularning uzluksiz faoliyat yuritishini ta’minlashga xizmat qiladi. Bu esa, o‘z navbatida, Qo‘qon shahar suv ta’minoti korxonasining o‘z faoliyatini yanada samaraliroq davom ettirishi, aholiga suv yetkazib berish borasidagi ishlarni yaxshilash uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi. Bu, shahar aholisining turmush farovonligini oshirishga yo‘naltirilgan muhim qadamdir.

Mazkur holat, Byuroning Qo‘qon shahar bo‘limi ijro ishini samarali yuritishdagi rolini, shuningdek, tashkilotlar o‘rtasidagi munosabatlarning mustahkamlanishi, o‘zaro ishonch va hamkorlik ruhining kuchayishidan dalolat beradi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Korxonaning 600 mln.so‘mlik suv ta’minotidan bo‘lgan qarzdorligi bartaraf etildi