
AQShning yangi prezidenti Donald Trampning qizi Ivanka Trampga samolyotda bir yo‘lovchi tajovuz qildi. Bu haqda "Kun.uz" nashri xabar bermoqda.
Voqea Ivanka Tramp JetBlue aviakompaniyasi samolyotida o‘z farzandlari bilan o‘rindiqlarni egallaganda yuz bergan. Samolyot Nyu-Yorkdagi Jon Kennedi nomidagi aeroportdan uchishga shaylanayotgan bo‘lganda Tramp qizi yoniga bir erkak kelib uni va farzandlarini haqoratlay boshlagan. Erkakning aytishicha, Donald Tramp o‘z siyosati bilan AQShga tuzatib bo‘lmaydigan ziyon etkazishi mumkin.
Ta’kidlanishicha, erkak samolyot bortidan tushirib qoldirilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing