date

Tadbirkorning 995,7 mln so‘mini qo‘lga kiritgan shaxs fosh etildi

Tadbirkorning 995,7 mln so‘mini qo‘lga kiritgan shaxs fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Jondor tumani bo‘limi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Unda, fuqaro X.S. (muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan) X.I. MCHJ ta’sischisining ishonchini suiiste’mol qilib, yonilg‘i–moylash materiallarini olib berish uchun korxona hisob raqamidan 995,7 mln so‘mni o‘zining plastik kartasiga o‘tkazib olishga erishib, tadbirkorning juda ko‘p miqdordagi pul mablag‘larini aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tadbirkorning 995,7 mln so‘mini qo‘lga kiritgan shaxs fosh etildi